“O‘zagroinspeksiya”ning Samarqand viloyat boshqarmasi xodimlari Samarqand shahridagi konsert zalida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri konsertiga tashrif buyurishdi.
Tashkilotlari xodimlarining milliy va jahon mumtoz musiqa san’ati bo‘yicha o‘tkaziladigan konsert dasturlarida ishtirok etishi albatta, madaniy-ma’rifiy hayotni boyitish, san’atga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda klassik musiqa orqali estetik tarbiyani kuchaytirishga xizmat qiladi.
Tashrif davomida boshqarma xodimlari O‘zbekiston Milliy simfonik orkestrining boy ijodiy salohiyati, milliy va jahon kompozitorlarining asarlaridan tuzilgan konsert dasturini tomosha qilib, unutilmas taassurotlar oldilar.