Ру Ўз O`z En

BO‘STON TUMANIDA G‘ALLA PARVARISHI DOIMIY NAZORATDA

8 May 2025 53

Bo‘ston tumanida 2025-yil hosili uchun jami 4572 gektar maydonga g‘alla ekilib, parvarish qilinmoqda. Shundan 10 nafar fermer xo‘jaliklari tomonidan 340 gektar g‘alla maydonlari urug‘lik maqsadida yetishtirilyapti.

Urug‘lik g‘alla maydonlari naychalash fazasidan boshoqlash fazasiga o‘tmoqda. Shu kungacha 2-marta bargidan oziqlantirish ishlari olib borildi hamda begona o‘tlar, kasallik va zararkunandalarga qarshi kimyoviy ishlovlar to‘liq yakunlangan. Sug‘orish ishlari g‘alla maydonlari holatidan kelib chiqib amalga oshirilmoqda,

Ayni kunlarda suspenziya bilan oziqlantirish ishlari davom ettirilyapti.

“O‘zagroinspeksiya”ning tuman bo‘limi tomonidan g‘alla maydonlarida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishi yuzasidan  nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Nazorat tadbirlari davomida xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan fermer xo‘jaliklariga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan, ogohlantirish xatlari berilib,kunlik monitoring tadbirlari olib borilyapti.

M.KOMILOV,

“O‘zagroinspeksiya”ning Bo‘ston tuman bo‘limi bosh mutaxassisi

Text to speech