Ру Ўз O`z En

O‘ZAGROINSPEKSIYA XODIMLARI BILIMLARI MUSTAHKAMLANDI

25 Aprel 2025 316

Joriy yilning 7-24-aprel kunlari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatdagi hududiy boshqarmalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 184-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan o‘quv-seminarlari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur o‘quv-seminarlarda boshqarma va tuman bo‘limlarining xodimlari, Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni, Adliya boshqarmasi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining viloyat boshqarmasi vakillari ishtirok etdilar.

 

Seminar qatnashchilari amaldagi qonunchilik hujjatlari va ularga kiritilgan o‘zgarishlar bilan tanishib, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish tartiblari to‘g‘risidagi bilimlarini yanada mustahkamladilar.

Text to speech