Ру Ўз O`z En

QASHQADARYODA G‘ALLA O‘RIMIDA 302 TA KOMBAYNLAR QATNASHADI

5 May 2025 54

O‘tgan yil kuzidan boshlangan mehnatning samarasi bugun dalalarda  bo‘y ko‘rsatmoqda. Shu sabab 2025-yil hosili uchun g‘alla o‘rim-yig‘imi mavsumiga tayyorgarlik ayni qizg‘in pallada.

Qashqadaryo viloyatida ham bu borada muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Belgilangan rejani bajarish, g‘alla o‘rim-yig‘imini o‘z muddatida va sifatli tashkil etish maqsadida 302 ta texnika, jumladan 120 ta “Keys” va “Nyu-Holland”, 126 ta “Klass”,  48 ta“Vektor-410” va 8 ta “Johndeer” rusumli don o‘rish kombaynlari"  ta’mirlash maskanlarida markazlashgan holda yig‘ilib, ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Jumladan, Qamashi tumanida jami 26 ta shundan 17 ta “Keys”, 2 ta “Klass” va 7 ta “Vektor-410” rusumli  kombaynlar mavsumga shay holatga keltirilib tayyorlov chizig‘iga qo‘yildi.

 “O‘zagroinspeksiya” ning viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari mutaxassislari tomonidan har bir kombaynning ta’mirlanishi bo‘yicha ajratilgan  mablag‘larning o‘zlashtirilishi va ehtiyot qismlar bilan to‘liq ta’minlanishi yuzasidan kunlik nazorat tadbirlari olib borildi.

Mavsumga shay kombaynlar tegishli ishchi guruh  tomonidan dalolatnoma asosida to‘liq qabul qilindi.

Shu bilan birga hududlardagi o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashuvchi, fidokor hamda jamoatchilik orasida faol bo‘lgan tashkilot rahbarlaridan otryad boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari tayinlandi.

“O‘zagroinspeksiya” ning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi

Text to speech